14 nafar o‘quvchi sardorlikka saylandi
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlar forumi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tuman, shahar sardorlar kengashi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Forumni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Indira Xoldorova va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengash raisi Po‘lat Maxsetboyevlar ochib berdi.

Tadbirda Yoshlar ittifoqi bosh sardorligiga uchta nomzodning shu kunga qadar qilgan ishlari, taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, forumda ishtirok etayotgan sardorlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Forum ishtirokchilari orasidan 14 nafar o‘quvchi ovoz berish yo‘li bilan Yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti bosh sardori, “Ta’lim”, “Madaniyat”, “Imkon”, “Ekologiya”, “Sport”, “Matbuot va media”, “Kamalak” sardorlari etib saylandi. Forum yakunida saylangan Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar, O‘zA