11 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 5-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 12-17 daraja, Ustyurtda kechasi 27-30, kunduzi 20-23 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 8-13 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda 12 darajagacha, cho‘l hududlarida kechasi 27-30, kunduzi 12-17 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja, ba’zi joylarda 17 darajagacha, kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda 12 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22, ba’zi tumanlarda sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22, Farg‘ona viloyatining ba’zi tumanlarida sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ib, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22, ba’zi tumanlarda sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 10-15 yanvar kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida hosil bo‘lgan sovuq havo massasining kirib kelishi davom etadi.
10-11 yanvar kunlari respublikamiz hududining katta qismida qor yog‘adi, 10 yanvar kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli qor yog‘adi.
10-11 yanvar kunlari ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim tumanlarida hamda respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
10-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12-17, ayrim joylarda 20 darajagacha, kunduzi 5-10, ba’zi joylarda 12 darajagacha; shimolda kechasi 20-25, Ustyurt va cho‘l hududlarining ayrim joylarida 27-30 darajagacha, kunduzi 12-17, janubda va Farg‘ona vodiysida kechasi 8-13, kunduzi 3-8 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
O‘zA