101 yoshli Anorboy otaga “Partiya iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizda urush va mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. Keksa avlod vakillarining yurtimiz tinchligi, jamiyat ravnaqiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, ularning zahmatli mehnat yo‘lidagi hayotiy xotiralari tinglanmoqda.
Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi faollari Parkent tumani “Nomdanak” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 101 yoshli nuroniy Anorboy ota Jalilov xonadonida bo‘ldi.

Anorboy otaga partiya tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik ijtimoiy faolligi uchun “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi. Ota o‘z mehnat faoliyati, xotiralari va hayotiy tajribalari haqida gapirib berdi.

Keksa avlod vakillarining fidokorona mehnatini qadrlash, ularni ulug‘lash xalqimizga xos fazilatlardan. Bu kabi uchashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
M.Komilova,
O‘zA