100 maktabga bir vaqtda tahdid xati yuborildi
Italiyada kamida 100 maktab elektron poçta orqali bomba qöyilgani va oşxonadagi oziq-ovqatga zaharli modda aralaştirilgani haqida tahdid oldi. Xabarlarda portlaş 40 daqiqa içida sodir bölişi aytilgan. Tekşiruv çoği öquv muassasalaridagi oziq-ovqatdan şubhali holat aniqlanmagan, faqat ayrim maktablar evakuatsiya qilingan.
Bu gal maktablar uçun yangi xavfsizlik tartibi qöllandi. Yaʼni, noaniq va ommaviy tarqatilgan tahdid sabab barça öquvçilarni darhol köçiriş talab etilmadi. Bunday qaror huquq-tartibot idoralari va xavfsizlik xizmati vaziyatni baholagaç qabul qilinadi. Bunday amaliyot ötgan haftadagi şunga öxşaş tahdidlardan keyin joriy etilgan.
Tahdid xati Vetnamdagi muassasaga tegişli, ehtimoliy buzib kirilgan elektron poçta manzilidan yuborilgan. Italiya poçta politsiyasi hodisa yuzasidan tergov boşladi. Kiber jinoyatçilik xizmati rahbari Ivano Gabrielli taʼkidlaşiça, internet orqali nomsiz elektron manzil yaratib, ommaviy xat yuboriş texnik jihatdan oson. Tergovçilar esa jönatiş infratuzilmasida qolgan iz orqali taşabbuskorni aniqlaşga harakat qilmoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA