Zuriyat mevasining shifobaxsh xususiyatlari (+video)
Insonga zurriyot beruvchi Zuriyat mevasi qadimgi Misrda muqaddas hisoblangan va ming yillar davomida dorivor o‘simlik sifatida bepushtlikni davolashda keng qo‘llanilib kelingan.
Hozirgi kunda ham ushbu davlatda bu meva orqali ayollarning bepushtligini davolashda va daraxti yog‘ochidan qurilishda keng foydalanilmoqda.
O‘simlikning noyob xususiyatlari olimlarimizning ham e’tiborini tortmay qolmadi. Asosan sitrus mevalarida tadqiqotlar o‘tkazib, limonchilik sohasidagi kashfiyotlari bilan mashhur seleksioner olim, Toshkent davlat agrar universiteti professori Muhammadaziz Faxruddinov ilk bor ushbu mevani O‘zbekiston sharoitida sinab ko‘rdi.
O‘simlik balandligi 15 metrni tashkil etishi mumkin ekan va odatda issiq, quruq iqlim sharoitida yaxshi rivojlanadi. S vitaminiga boy bo‘lib, inson immunitetini oshiradi, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomurodov tomonidan hozirda mazkur o‘simlikni muassasa tajriba maydonida sinov ishlarini tashkil etish, kelgusida ko‘paytirish va iqlim sharoitimizga moslashtirish choralari ko‘rilmoqda.
O‘ylaymizki, ushbu shifobahsh ne’mat yaqin yillar ichida bizni zaminimizda ham o‘z o‘rnini topadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NA_JdcxKYEA" title="Zuriyat mevasining shifobaxsh xususiyatlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA