Zoyir Mirzaev munosib nomzodga ovoz berdi
Erta tongdan Qarshi shahridagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 125-Qarshi saylov okrugiga qarashli 806-saylov uchastkasida saylovlar ko‘tarinki ruhda boshlandi. Ovoz berish jarayonini viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev boshlab berdi.

Saylovlarni ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratik saylovlar o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan boy milliy tajribamizga asoslangan holda hamda umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi saylovlar jarayonida har bir fuqaroga, saylovchiga o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur saylov uchastkasida ham saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ovoz berish jarayoni davom etmoqda.