Zo‘ravonlikka qarshi – faol harakat
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida ham “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi turkum tadbirlariga alohida tayyorgarlik bilan kirishildi.
Jarayonga viloyat hokimligi, IIB, cog‘liqni saqlash, adliya boshqarmalari hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi barcha hamkor tashkilot mas’ullari jalb etildi.
Shuningdek, tashabbus doirasida barcha korxona-tashkilot, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha videoroliklar taqdim qilinishi, bukletlar tarqatilishi belgilab olindi. Tadbir xotin-qizlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy holatlarning oldini olish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-20557]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA