Ziyolilar – milliy yuksalişning asosiy tayançi
Buxoro davlat texnika universitetida Özbekiston ziyolilari kengaşining Buxoro viloyati hududiy yiğilişi bölib ötdi.
«Yangi Özbekiston ziyolilari – milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida taşkil etilgan tadbirda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, sanʼat va madaniyat sohalari vakillari, taniqli olimlar, ijodkorlar, jamoatçilik faollari hamda yoşlar iştirok etdi.
Yiğilişda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida ziyolilarning örni va ijtimoiy masʼuliyatini yanada oşiriş, ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalaniş, milliy özlik va qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Erkin Gadoyev, siyosiy fanlar nomzodi Narzulla Jörayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari örinbosari Zohid Töraqulov hamda boşqalar maʼruzalar bilan iştirok etdi.
Maʼruzalarda bugungi taraqqiyot bosqiçida ziyolilar zimmasiga yuklatilayotgan vazifalar, jamiyat hayotida maʼnaviyat va maʼrifatning ahamiyati, ilm-fan va taʼlim sifatini oşiriş, yoşlarning dunyoqaraşi hamda intellektual salohiyatini yuksaltiriş masalalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Taʼkidlanganidek, milliy yuksaliş, avvalo, bilimli va taşabbuskor mutaxassislar, ilmiy izlanişlar, yangiça tafakkur va fidokorona mehnat bilan uzviy boğliq. Şu bois ziyolilarning nafaqat öz kasbiy faoliyatida, balki jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş va yoşlarga ibrat böliş borasidagi masʼuliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Anjuman doirasida taşkil etilgan şöʼba yiğilişlarida sohalar kesimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, taʼlim tizimi sifatini yaxşilaş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga keng joriy etiş, tibbiyot xizmatlarini takomillaştiriş, madaniyat va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat samaradorligini oşiriş, yoşlarning ijodiy imkoniyatlarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham şöʼba yiğilişlarida iştirok etib, soha vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Suhbat davomida hududda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantiriş, mavjud muammolarni bartaraf etiş, ziyolilarning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari körib çiqildi.

Muloqotlarda ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantiriş, tajribali mutaxassislarning yoş kadrlarga murabbiylik faoliyatini kuçaytiriş, taʼlim muassasalari va mahallalarda maʼrifiy tadbirlar kölamini kengaytiriş, şuningdek, axborot makonida işonçli va mazmunli kontent yaratiş zarurligi alohida qayd etildi.
Yiğiliş yakunida ziyolilarning özaro hamkorligini mustahkamlaş, ularning bilim va tajribasini hudud taraqqiyoti yölida birlaştiriş, jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş muhimligi taʼkidlandi.
Zero, milliy yuksalişning mustahkam poydevori ilm-maʼrifat, yuksak tafakkur va masʼuliyatli mehnat bilan barpo etiladi. Bu jarayonda ziyolilarning faol fuqarolik pozitsiyasi, taşabbuskorligi va jamiyat oldidagi masʼuliyati mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Dilorom ĞAFFOROVA,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Şofirkon tuman bölinmasi rahbari
ÖzA