Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi
Endi Zidan ilk bor milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Fransiya futboli afsonasi Zinedin Zidan JCH–2026 yakunlangach Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Fransiya terma jamoasi mundialni Didye Desham boshchiligida yakunlaydi. Mutaxassis avvalroq jahon chempionatidan so‘ng o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi.
Fransuzlar JCH–2026 yarim finalida Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endi ular uchinchi o‘rin uchun Argentina — Angliya yarim finali mag‘lubiga qarshi maydonga tushadi.
Didye Desham 2012-yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH–2018 g‘olibiga aylangan.
Zidan esa murabbiylik faoliyatida faqat klub futbolida ishlagan. U Madridning «Real» klubini 2016–2018 va 2019–2021-yillarda boshqarib:
3 marta UEFA Chempionlar ligasi;
2 marta La Liga;
hamda bir qator xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Endi Zidan ilk bor milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.