Zelenskiyning yillik daromadi qancha?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikkinchi bosqichga qadar faollar talab qilganidek, 2018 yilgi daromadlari borasida deklaratsiyani e’lon qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikkinchi bosqichga qadar faollar talab qilganidek, 2018 yilgi daromadlari borasida deklaratsiyani e’lon qildi.
Zelenskiy va uning rafiqasi deklaratsiyada qayd qilishicha, Kiev viloyatida uy, Kiev viloyatida yer uchastkasi, Kievda to‘rtta xonadon, Qrimda xonadon, egasi uchinchi shaxs bo‘lgan Kievda ikkita xonadon, Kievda ikkita mashina turargohi, Qrimda mashina turargohi, egasi uchinchi shaxs bo‘lgan Kievda ikkita turargoh, Kievda ikkita noturarjoy binosi, Buyuk Britaniyada ikkita ijara xonadoni, Italiyada ikkita uy, Gruziyada 10ta mehmonxona nomeri (ularning qurilishi davom etmoqda).
Er-xotin shuningdek deklaratsiyaga ikkita avtomobil (Range Rover va Mercedes-Benz S500), olti dona soat va qimmatbaho qog‘ozlarni ham kiritishgan.
Yil davomida Zelenskiy salkam 4 million 170 ming griven ($160 minga yaqin) ishlab topgan.
Prezident shuningdek PrivatBankdagi 400 ming AQSh dollarini, OTP Bankdagi 1 mln griven ($38 ming), $190 ming va €100 ming naqd pullarni ham deklaratsiyaga kiritdi.
Zelenskiy Ukraina prezidenti sifatida 20 may kuni qasamyod qabul qildi.