Zelenskiyning kamzuli auksionda sotildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning xaki (harbiy yashil) rangidagi kamzuli Londonda Christie’s xayriya kimoshdi savdosida 90 ming funt sterlingga (110 ming dollar) sotildi, deb yozmoqda Telegraph gazetasi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kamzulning boshlang‘ich narxi 50 ming funt sterlingdan boshlanish kerakligini aytib, savdo ishtirokchilarini “ko‘proq pul tikishga” chaqirdi, deyiladi nashr tarqatgan xabarda.
Zelenskiyning o‘zi savdo boshlanishi oldidan videoaloqa orqali ma’ruza o‘qigan va Buyuk Britaniya hamda Kiyevga kelib ketishga jur’at etgan “qo‘rqmas Boris” sha’niga maqtovlar aytgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, savdodan tushgan mablag‘ gumanitar yordam tariqasida Ukrainaga jo‘natiladi.