Zelenskiy Ukrainada soliq islohoti boshlanganini e’lon qildi
Vladimir Zelenskiy Ukrainada soliq islohoti boshlanganini e’lon qildi.
Bu boshqa narsalar qatori kichik biznes uchun soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash va tadbirkorlik faoliyatini tekshirishni to‘xtatishni nazarda tutadi.
Unga ko‘ra, Ukraina Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar to‘plamini kelishib oldi. Xavfsiz joyda ish yuritish, odamlarni ish bilan ta’minlashga doir masalalarga yechim topildi.
– Biz soliq islohotini boshlaymiz. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga biz aylanmaning ikki foizi stavkasini va soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini beramiz. Kichik biznes uchun va bu birinchi hamda ikkinchi guruh yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun biz yagona soliq to‘lovini ixtiyoriy ravishda to‘laymiz. Ya’ni, agar imkoningiz bo‘lsa – to‘laysiz, agar qila olmasangiz – to‘lamaslik mumkin. Ikkinchidan, biz barcha korxonalarni me’yorida ishlashi uchun barcha tekshiruvlarni bekor qilamiz, – dedi Zelenskiy seshanba kuni kechqurun e’lon qilingan videomurojaati chog‘ida.
Zelenskiy bunday islohotlar kelajakda ham davom etishiga va’da berdi. Dushanba kuni Zelenskiy Ukraina hukumatiga "kichik va o‘rta biznesni qaytarishga xalaqit beradigan barcha narsalarni olib tashlash, soliqlarni iloji boricha yengillashtirish, tizim buzilmasligi uchun barcha qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatma berganini e’lon qildi.