Zelenskiy: “FREYJA” loyihasida allaqachon 10 mamlakat ishtirok etyapti
Yevropaning “FREYJA” qo‘shma ballistik raketaga qarshi tizimi dasturi faol amalga oshirilmoqda va 10 mamlakat allaqachon tashabbusga qo‘shildi, dedi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy.
– Ukraina o‘z raketasi va uchirish moslamasini yaratishga qodir, sheriklarimiz zarur va muhim ehtiyot qismlar: radar, sensor va boshqa zarur uskunalar taqdim etadi, – deya ta’kidladi davlat раҳбари. – Chinakam keng ko‘lamli ballistik raketaga qarshi dastur Yevropada barchaga mislsiz foyda keltiradi.
Yetakchining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu dastur bo‘yicha iloji boricha tezroq – 2026-2027-yillari aniq natijaga erishishi kerak. Shuningdek, u mamlakat o‘z ballistik raketalari ustida ishlayotgani, bunday aslahalar sinovi allaqachon yaxshi natija ko‘rsatganini aytdi.
S.Rahimov, O‘zA