Zaynab Dayibekova Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bo‘ldi
XX yozgi Osiyo o‘yinlarining qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi sablya dasturida Zaynab Dayibekova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Mahoratli qilichbozimiz musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida ikki karra jahon chempioni, mezbon mamlakat sportchisi Misaki Emuraga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Zaynab Dayibekova yakkalik bahslarini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 4 ta oltin, 12 ta kumush, 8 ta bronza jami 23 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA