Zangiotada 30 million dollarlik zavod quriladi
Quriliş materiallari işlab çiqarişda asosiy vazifalardan biri – mahsulot sifati, dizayni va raqobatbardoşligini oşiriş.
Mamlakatimizda keramik plita, bazalt qoplama, quriliş oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulot böyiça içki talabni qoplaşga yetarli quvvatlar mavjud. Şunga qaramay, sifat va brend bilan boğliq kamçiliklar sabab yillik import 780 million dollarni taşkil etmoqda.
Masalan, keramik plita işlab çiqariş quvvati içki talabdan uç karra yuqori, biroq yirik ölçamli plitalar importiga har yili 25 million dollar sarflanmoqda. Lok-böyoq, gulqoğoz va energiya tejamkor oyna kabi sakkiz turdagi tayyor mahsulot importi esa 280 million dollarga yetgan.
Uşbu yönalişda Turkiyaning “Betek” kompaniyasi bilan Zangiota tumanida 30 million dollarlik lok-böyoq zavodi qurilişi boşlanayotgani maʼlum qilindi. Davlatimiz rahbari hokimlardan isteʼmolçilar talabi va xalqaro brendlar imkoniyatini çuqur örganib, yangi loyihalarni ilgari surişni talab qildi.
ÖzA