Zamonaviy texnologiyalar zamirida qanday ilmiy yutuqlar mujassam?
Atom texnologiyalari bugungi kunda nafaqat energetika, balki tibbiyot, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, raqamli texnologiyalar va kosmik tadqiqotlar kabi köplab yönalişlarda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uşbu sohaning keng imkoniyatlari va ilmiy yutuqlarini keng jamoatçilikka tanitiş maqsadida bugun "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan "Global Atomic Quiz-2026" xalqaro maʼrifiy viktorinasi ötkazildi.
10-noyabr – Butunjahon ilm-fan kuni munosabati bilan "Oddiy bir kun. Köplab hayratlanarli texnologiyalar" şiori ostida taşkil etilgan mazkur viktorina iştirokçilarga kundalik turmuşda foydalaniladigan zamonaviy yeçimlar ortida qanday ilmiy kaşfiyotlar turganini anglaş imkonini beradi.
Eʼtiborlisi, özbekistonlik yoşlar ham 2021-yildan buyon mazkur xalqaro loyihada faol iştirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Bu esa mamlakatimiz yoşlarining ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga bölgan qiziqişi tobora ortib borayotganini körsatadi.
Loyiha doirasida atom fanining turli tarmoqlardagi amaliy ahamiyati interaktiv topşiriqlar asosida yoritiladi. Xususan, elektr energiyasi işlab çiqariş, tibbiy diagnostika va davolaş, qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlaş, raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş hamda kosmik tadqiqotlarda yadro texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatlari haqida maʼlumot beriladi.
Viktorina nafaqat bilimlarni sinovdan ötkaziş, balki atom sohasidagi zamonaviy ilmiy-texnik işlanmalar haqida yangi maʼlumotlarga ega böliş uçun ham imkoniyat yaratadi. Unda murakkab ilmiy jarayonlar keng auditoriyaga tuşunarli şaklda taqdim etilişiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Taşabbus doirasida eng yaxşi körsatkiçga erişgan uç nafar ğolib Rossiyaga ilmiy-maʼrifiy sayohat qiliş imkoniyatini qölga kiritadi. Sayohat davomida ular Obninsk şahrida joylaşgan dunyodagi birinçi atom elektr stansiyasiga taşrif buyurişlari mumkin. Bundan taşqari, yana 100 nafar eng yaxşi iştirokçi raqamli obunalar, taʼlim kurslari uçun sertifikatlar va dasturiy taʼminot litsenziyalari bilan taqdirlanadi.
Maʼlumot uçun, "Global Atomic Quiz" xalqaro taʼlim loyihasi 2020-yildan buyon taşkil etib kelinmoqda. Ötgan davr mobaynida unda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan iştirokçilar qatnaşgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA