Zamonaviy ta’lim standartlari asosida
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2022 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda ta’lim muassasasida 356 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.
Maktab aniq va tabiiy fanlar, jumladan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan. Bu yerda 39 nafar malakali pedagog o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim bermoqda.
2022/2023 o‘quv yili yakunida maktabni 13 nafar 11-sinf o‘quvchisi bitirib, ulardan 6 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi.
[gallery-13938]
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek Qo‘zimurodov olgan suratlar