Zamonaviy sharoit – malakali xizmat asosi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tuman tibbiyot birlashmasi tarkibida 2 ta qishloq vrachlik punkti, 3 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, koʻp tarmoqli poliklinika va markaziy shifoxona mavjud.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tuman tibbiyot birlashmasi tarkibida 2 ta qishloq vrachlik punkti, 3 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, koʻp tarmoqli poliklinika va markaziy shifoxona mavjud. Tumanning 30 mingdan ziyod aholisi salomatligini mustahkamlash yoʻlida 42 nafar shifokor, 250 dan ortiq tibbiyot xodimi xizmat qilmoqda.
Soʻnggi yillarda tumanda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinika binolari qayta taʼmirlanib, zamonaviy tibbiy anjomlar va diagnostika-davolash uskunalari bilan jihozlandi. Albatta, yaratilgan sharoitlar aholiga malakali xizmat koʻrsatishda muhim omil boʻlmoqda.




