Zamonaviy O‘zbekiston sug‘urta bozori
Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Zamonaviy O‘zbekiston sug‘urta bozori” nomli Xalqaro Toshkent konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Zamonaviy O‘zbekiston sug‘urta bozori” nomli Xalqaro Toshkent konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Tadbir Prezidentimizning joriy yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq tashkil etildi.
9 noyabrga qadar davom etadigan konferensiyada Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ukraina davlatlaridan kelgan sug‘urta sohasining yetakchi ekspertlari va milliy kompaniyalar vakillarining ma’ruzalari tinglanadi. Ekspertlar mamlakatimiz sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish yo‘nalishlari, milliy va xalqaro sug‘urta bozorlarining hozirgi holati va istiqbollari, O‘zbekiston uchun global mo‘ljallar va tendensiyalar, kapital bozorini kengaytirishda sug‘urta va pensiyalarning roli kabi masalalarni muhokama qiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urtani tatbiq qilish va ob-havo bilan bog‘liq xavf-xatarlardan paxta, poliz va ko‘p yillik o‘simliklar hosilini sug‘urta qilish kabi dolzarb mavzular xususida so‘z yuritiladi.
Reklama huquqi asosida.