Zahri qotilning savdosi o‘xshamadi
Jarqo‘rg‘on tumani hududida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanishining oldi olindi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Erkin Nafasov va Malik Abdulqosimov (ism-sharif o‘zgartirilgan) ikki dona qora rangli polietilen xaltachaga solingan o‘ziga xos o‘tkir hidli, yashil rangdagi moddani shartli xaridorga 112 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi.

Polietilen xaltachadagi moddalar ekspertizadan o‘tkazilganda sof vazni 850 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.
Viloyat bojxona boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri