Yusupova Madinaxon Egamberdi qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Navoiy obrazining lirik va epik talqini” mavzusida
Yusupova Madinaxon Egamberdi qizining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Navoiy obrazining lirik va epik talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 30-may kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy.
Tel.: (99873) 244-57-82;
e-mail: info@fdu.uz