Yurakning tez urishi qachon oddiy holat, qachon xavfli signal? (+video)
“Yuragingizda aritmiya bor ekan — kesarcha qilamiz!” Homilador ayol uchun bunday xulosa — oddiy tavsiya emas, balki butun tug‘ruq jarayonini o‘zgartiradigan muhim qaror. Shu bois bu borada jiddiy yondashish va avvalambor, ona farzandni dunyoga keltirguniga qadar uning yurak urishi holati kardiolog nazoratida bo‘lishi lozim.
Xo‘sh, yurakdagi qaysi muammolar haqiqatan ham tabiiy tug‘ruqni xavfli qiladi? Aksincha, qaysi holatlarda ayol yurak kasalligiga qaramay farzandni dunyoga keltirishi mumkin?
Va eng muhimi — kesarcha kesishning o‘zi ham yurak uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkinmi?
Milliy tibbiyot markazi aritmolog shifokori Mirkomil Tojiboyev bu yuzasidan batafisil ma’lumot berdi.
Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA