Yuqori samaradorlik omili
Ayni kunlarda Xorazm viloyati sohibkorlari yetishtirilgan g‘alla hosilini nobudgarchiliklarsiz o‘rib-yig‘ib olmoqdalar.
Ayni kunlarda Xorazm viloyati sohibkorlari yetishtirilgan g‘alla hosilini nobudgarchiliklarsiz o‘rib-yig‘ib olmoqdalar.
Bog‘ot tumanidagi «Qahramon orzusi» fermer xo‘jaligida ham ish qizg‘in. Tajribali fermer Bekturdi Quvoqov boshchiligidagi xo‘jalikda har yili yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Joriy yilda g‘alla hosilini 60 sentnerga yetkazishni mo‘ljallayotgan xo‘jalikning o‘z don o‘rish kombayni va boshqa zarur texnikalari mavjud.