Yuk vagonidagi “Opiy” to‘xtatib qolindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida “Quduqli” temir yo‘l bekatiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l yuk poyezdini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazdi.
Ko‘rik chog‘ida yuk vagonlarining birida yashirin joyga berkitilgan bir dona rangsiz sellofanda skoch bilan o‘ralgan ashyo borligi aniqlandi. Mazkur o‘ram ekspertizadan o‘tkazilganda sof og‘irligi 135,3 gramm bo‘lgan “Opiy” giyohvandlik moddasi ekani ma’lum bo‘ldi.


Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri