Yuk tashuvchilarga imtiyozlar beriladi
Toshkent shahri aholisining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun o‘n minglab turdagi mahsulotlar va birinchi galdagi nooziq-ovqat tovarlari kerak bo‘ladi.
Bunday mahsuotlarning aksariyati poytaxtga boshqa viloyatlar yoki chet eldan keltiriladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ayrim korxonalar ko‘proq jabr ko‘rishdi. Faoliyati logistika va yuk tashish bilan bog‘liq korxonalar shular jumlasidandir. Ularning ushbu murakkab bosqichdan o‘tishlariga ko‘maklashish maqsadida Prezidentimizning 2021 yil 19 avgustda “Avtomobil transpotida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini rivojlantirishning ijobiy tendensiyasini saqlab qolish maqsadi yuk tashuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish, mahalliy yuk tashuvchilar uchun qulay raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashadi. Bunga «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari); tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39) kabi transport vositalari kiradi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari, avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi.
Iste’molchilarning aksariyati do‘kondagi mahsulotlar peshtaxtaga tushishidan avval qancha uzoq masofani bosib kelganini bilishmaydi ham. Ularni yetkazib berishda turli mamlakatlardan minglab insonlar ishtirok etishadi.
Roman BONDARCHUK, O‘zA