Yoshlarning innovatsion g‘oyalari amaliy loyihalarga aylanmoqda
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 27-umumta’lim maktabida tashkil etilgan Mexatronika va robototexnika muhandislik laboratoriyasi o‘quvchilarning muhandislik va innovatsion texnologiyalarga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya yozgi ta’til davrida ham o‘quvchilarning faol ishtirok etayotgan ta’lim maskanlaridan biriga aylangan. Bu yerda ular robototexnika, elektronika, dasturlash, 3D modellashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishlarida nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlamoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar robotlarni loyihalash, yig‘ish va dasturlash, shuningdek, turli muhandislik vazifalari uchun texnologik yechimlar ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallamoqda. Bu ularning texnik tafakkuri, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-30756]
Maktabda yoshlarning iqtidori va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Laboratoriya o‘quvchilarni kelajak kasblariga tayyorlash, shuningdek, robototexnika va texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi tanlov hamda olimpiadalarda ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday muhandislik laboratoriyalari yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash, axborot texnologiyalari va sanoat tarmoqlari uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xvR1g9wYsu0?si=z8CZu7osnk5nCRvk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV(surat,video),O‘zA