Yoshlarning askariyat murojaatlari ijobiy hal bo‘ldi
Navoiy viloyati Uchquduq tumani hokimi Soli Hamroyev, tuman prokurori Rashid Raxmatov yoshlar bilan uchrashdi.
Mamlakatimizda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda albatta, joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabul va uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yosh yigit-qizlar ishtirok etgan uchrashuvda ham ishga joylashish, o‘rta maxsus va oliy ta’limda tahsil olish uchun shartnoma pulini to‘lab berish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

– 2022 yilda Uchquduq sanoat texnikumini operator mutaxassisligi bo‘yicha tugatganman, – deydi Dinislam Qarjauov. – bugungi sayyor qabulda tuman hokimi va prokuroriga mutaxassisligim bo‘yicha ish so‘rab murojaat qildim. Masalani shu yerning o‘zida ijobiy hal etib berishdi. “Issiqlik ta’minoti” DUK ga ishga kirish uchun yo‘llanma berildi.
Sayyor qabulda ish so‘rab murojaat qilgan yoshlarning 9 nafari turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi. 2 nafariga “Yoshlar daftari” mablag‘lari hisobidan shartnoma pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi.
Tuman sektor rahbarlari ishtirokida joylarda sayyor qabullar davom etmoqda.
A.Bo‘riyev,
O‘zA