Yoshlarimiz xalqaro olimpiadada qatnashmoqda
Shu kunlarda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha 16-xalqaro Jautikov olimpiadasida (IZHO) O‘zbekiston jamoasi ishtirok etmoqda.

Jahon miqyosida yuqori nufuzga ega bo‘lgan mazkur olimpiada 2005 yildan buyon Olmaota shahridagi Fizika-matematika milliy maktabida o‘tkaziladi. IZHO matematika, fizika va informatika sohasidagi ulkan xalqaro loyiha bo‘lib, u turli mamlakatlarning ixtisoslashgan maktab jamoalarini jamlaydi. Ushbu olimpiada eng yaxshi STEM maktablarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2006 yildan mazkur intellektual musobaqada ishtirok etib keladi. Bu davr ichida o‘quvchilarimiz 50 dan ortiq medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tgan yilgi olimpiadada dunyoning 18 davlatidan ishtirok etgan 540 o‘quvchi orasidan o‘zbekistonlik yoshlar 1 oltin, 3 kumush, 7 bronza, jami 11 medalni qo‘lga kiritgani mamlakatimizda iqtidorli yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va e’tirofning yaqqol ifodasi bo‘ldi.