Yoshlar yetakchisi hokim o‘rinbosari bo‘ldi
Narpay tumanidagi "Umid" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Islom Hakimov tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.
Yaqinda davlat xizmatini rivojlantirish, kadrlar siyosatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev bundan buyon hokimliklarga rahbarlik lavozimlariga mahallalarda faoliyat ko‘rsatgan xodimlar tayinlanishi ma’lum qilingandi.
Islom Hakimov 1992 yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. Mahallada yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlangunga qadar maktabda o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi bo‘lgan.
G‘.Hasanov, O‘zA