Yoshlar yetakchilari bilan muloqot qilindi
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning Shayxontohur tumani yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish borasida yoshlar yetakchilari salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

Muloqot davomida yoshlar yetakchilarining yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, 2025 yilgi ustuvor vazifalar hamda eng faol yetakchilarni yuqori lavozimlarga tayyorlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Beltepa, Yeski Jarariq, Yangi Beltepa, Ibn Sino, Zafarobod, Chaqar, Xadra, Tinchlik, Bog‘ ko‘cha va Charxnovza mahallalarining yoshlar yetakchilari so‘zga chiqib, amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritib, takliflarini bildirdi.

Yetakchilarning taklif va muammolari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA