Yoshlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanidagi 23-umumta’lim maktabi qoshida “Namangan qalqon maxsus guruh” nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 700 nafar o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda.
Muassasada o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan. Matematika, ingliz va rus tillari, tarix, mental arifmetika, psixologiya, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan to‘garak mashg‘ulotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, sportsevar yoshlar uchun muay-tay to‘garagi ishlab turibdi.
[gallery-20489]
Ota-onalar talab va istagidan kelib chiqib, Chust tumanidagi “Mehrjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida, Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida, Uychi tumani “Yorkatay” MFY hududida ham muassasaning filiallari tashkil etilgan.
O‘quvchilar salomatligini mustahkamlash maqsadida ular bir yilda ikki marotaba sihatgohlarga yuboriladi. Yozgi mavsumda esa barcha o‘quvchilar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik ko‘nikmasini shakllantirishi uchun tog‘li hududlarga, bir oylik dala o‘quv yig‘ini mashg‘ulotiga jalb etiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA