Yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi
2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining arxitektura yo‘nalishi o‘quvchilari uchun “MASKAN ARCHITECTS” loyihalash korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
Yosh arxitektorlar ushbu tashrif davomida loyihalashning dastlabki bosqichlari, buyurtmachi bilan qanday ishlash, zamonaviy texnika va dasturlardan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Loyihalash korxonalariga shogird tushishda yoshlardan talab qilinadigan jihatlar haqida so‘z yuritildi.

Yakunda faol o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA