Yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi 100 dan ziyod yigit-qiz Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mahalladagi yetakchilari tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning tashabbuslari manzilli qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Tumandagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi”da faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Demux 777” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 dan ortiq turdagi ishlab chiqarish dastgohlari tayyorlanadi. Yosh tadbirkor Sherzod Abduxalilovning ta’kidlashicha, hozirda bu yerda 25 nafar yoshning ish bilan bandligi ta’minlangan.
[gallery-15512]
Shuningdek, hududda joylashgan Yoshlar issiqxona majmuasiga yo‘naltirilgan ko‘plab omilkor yoshlar samarali mehnati ortidan, mo‘may daromad topmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA