“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi M-37 xalqaro yo‘li bo‘yida "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi" tashkil etilmoqda.
Mazkur sanoat va tadbirkorlik zonasiga 5 gektar maydon ajratilgan bo‘lib, bu yerda tadbirkorlar tomonidan qator loyihalar amalga oshiriladi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yerda jami qiymati 51,2 milliard so‘mlik 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihalarning 34 tasi sanoat yo‘nalishida, 9 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan.
A.Bo‘riyev, O‘zA