Yoshlar salohiyati e’tirof etildi: “Prezident sovg‘asi” topshirildi
Poytaxtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida e’lon qilingan “Milliy tanlov” g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida erishilgan ulkan o‘zgarishlarni qayd etdi.

Taqdirlash marosimida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini oshirish va global raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

“Eng faol maktab” yo‘nalishida ham g‘oliblar aniqlandi. “Milliy tanlov” doirasida eng faol ishtirok etgan Xorazm viloyati Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” elektromobil topshirildi.
N.Rahmonova, O‘zA