Yoshlar obodonlashtirish tadbirida faol ishtirok etdi
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan «Toza shahar» loyihasi doirasida ommaviy ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan ӯtkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, aholi, shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga bӯlgan e’tiborini kuchaytirish, ona tabiatni asrab-avaylash, ekologik vaziyatni yaxshilash va uning salbiy ta’siri oldini olish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nukus shahrida mazkur tadbir tashkil etildi.
Aksiyani amalga oshirish uchun birinchi navbatda yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlardan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan Nukus shahrida obodonlashtirish talab qilinadigan 27 ta ob’ekt aniqlandi. Natijada 2 ming nafardan ziyod kӯngilli yoshlardan iborat 38 ta otryad tomonidan tegishli ob’ektlarda, mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida ommaviy ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida vazirliklar, korxona, tashkilot va muassasalar, kӯngilli yoshlar tomonidan 45 ga yaqin maydon obodonlashtirildi, 35 tonna qurilish va maishiy chiqindi chiqarib tashlandi. Ushbu hududlarda 3 mingdan ziyod manzarali daraxt ko‘chati ekildi. Shuningdek, “Nuroniylar e’zozimizda” aksiyasi doirasida 30 nafar kӯngilli yoshdan iborat 3 ta patronaj yoshlar otryadi tashkil etildi. Ular tomonidan keksa va nogironligi bӯlgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz kishilar tibbiy kӯrikdan ӯtkazildi va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.
[gallery-4574]
Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA