Yoshlar “Jasorat maktabi”da harbiy ko‘nikmalarni egalladi
FOTOREPORTAJ
“Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inining Namangan viloyatida tashkil etilgan joriy yilgi mavsumi tantanali ravishda yakunlandi.
Loyiha yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda intizom, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
10 kun davom etgan yig‘inda ishtirokchilar harbiy tayyorgarlik, jismoniy chiniqish, saf mashqlari hamda birlamchi harbiy bilim va ko‘nikmalarni egalladi. Shuningdek, yoshlarda jamoada ishlash, yetakchilik va turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yopilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi mas’ullari hamda ishtirokchilarning ota-onalari qatnashdi.
[gallery-29607]
Tadbir yakunida yig‘in ishtirokchilariga sertifikat va kitoblar to‘plami topshirildi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, “Jasorat maktabi” yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA