Yoshlar forumi - yoshlarni birlashtirdi
FOTOREPORTAJ
Jizzax shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan forumda o‘n mingdan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
[gallery-7624]
"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan forumda Jizzax shahar hokimligi tomonidan Xalq ta’limi bo‘limiga 6 ming dona badiiy kitob topshirildi. «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida aniqlangan mahallalardagi iqtidorli yoshlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rgatishdagi eng namunali maktablarga jami 225 million so‘m pul mukofoti va kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi.
Tadbir so‘nggida poytaxtdan kelgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Jamshid YORBEKOV (surat),O‘zA