Yoshlar bilan ochiq muloqot
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

– Tadbir davomida jamoa shartnomalarida yosh xodimlar uchun belgilangan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar, mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya masalalari atroflicha tushuntirildi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Ismailov. – Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan yoshlar uchun tashkil etilayotgan sayohatlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va turli aksiyalar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Ochiq muloqot tarzida samimiy o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda o‘z taklif va tashabbuslarini ham bildirdi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA