Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi amalda
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi Termiz shahrida ham ta’minlanmoqda.
[gallery-11743]
Xususan, shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev Bog‘ishamol mahallasida uyma-uy yurib, yoshlar va ularning oila a’zolari bilan uchrashdi. Shahar rahbari suhbat davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va ularni hal etish masalasi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yukladi.
Shuningdek, yoshlarning qator murojaatlari, jumladan, nogironligi bo‘yicha jarrohlik operatsiya xarajatlarining to‘lovi, davolanish uchun order olish, kasb-hunar va til o‘rganish masalalariga amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uyma-uy yurish orqali yangicha tizimda, manzilli o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA