Yoshlar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda
Fargʻonalik bolajonlar bayram arafasida oʻzlariga yaratilgan bunday qulaylikdan koʻngillarida mamnunlik sezmoqdalar.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati OʼzLiDePdan saylangan Fargʻona shahar Kengashi deputati, 2- sonli oilaviy poliklinika boshlangʻich partiya tashkiloti raisi Shahnozaxon Siddiqova va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Fargʻona mintaqaviy filiali rahbari Barnoxon Ismailova tashabbusi bilan 2-sonli oilaviy poliklinika hududidagi ehtiyojmand oilalar farzandlari va nogironligi bor yoshlar uchun bepul tibbiy koʻrik oʻtkazilmoqda.
- Tibbiy koʻrikda psixolog, logoped, defektolog, nevropotolog, pediatr kabi mutaxassislar ishtirok etib, yoshlarning sogʻliklari nazoratdan oʻtkazmoqda. Bu jarayon yana 10 kun davom etadi va mutaxassislar tavsiyasiga koʻra, massaj, LFK muolajalari ham tashkillanishi rejalashtirildi, – deydi Fargʻona shahar Kengashi deputati Sh.Siddiqova.
Fargʻonalik bolajonlar bayram arafasida oʻzlariga yaratilgan bunday qulaylikdan koʻngillarida mamnunlik sezmoqdalar.
Sh.TOʻXTAMATOV,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi