Yosh tennischimizning g‘alabasi
Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda iste’dodli sportchimiz Sergey Fomin yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda iste’dodli sportchimiz Sergey Fomin yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.Musobaqaning birinchi davrasida rossiyalik Rafik Terzyanni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan S.Fomin ikkinchi davrada jamoadoshi Azizxon Turg‘unov ustidan zafar quchdi. Sergey chorak finalda yana bir vakilimiz Mark Tryakshinga qarshi kortga chiqib, g‘alaba qozondi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda esa qozog‘istonlik Dostonbek Toshbulatovdan ustun keldi.
Turnirning final uchrashuvida Sergey Fomin tunislik Adam Nagoudini 6:1, 6:2 hisobida yengdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.