Yosh shaxmatchilarimiz Jahon chempionatida 5 ta medal jamg‘ardi
Ispaniyada shaxmat bo‘yicha 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh “aql gimnastikasi" sohiblari munosib natijalarni qayd etishdi.
O‘rta yer dengizi hududida joylashgan Roketas-de-Mar shahrida 82 ta davlatning 721 nafar yosh shaxmatchisi ishtirokida tashkil etilgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, chempionatda iqtidorli yosh shaxmatchilarimiz Fazliddin Farhodov, Ibrohim Jumanazarov, Malika Ikromova o‘z yosh toifalarida munosib o‘yin namoyish etib, katta xalqaro tajriba to‘pladi.
Medallar jamg‘arish borasida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta sovrinli o‘rin bilan kuchli uchlikdan joy olgan bo‘lsa, 1 va 2-o‘rinlar 7 ta oltin medal to‘plagan Qozog‘iston va 2 ta oltin medalli Mo‘g‘uliston vakillariga nasib etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA