Yosh merganlarning eng munosibi g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, kollej o‘quvchilari hamda ichki ishlar boshqarmasi Navoiy akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish hamda sport seksiyalariga yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mazkur musobaqaga Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi boshlang‘ich tashkiloti a’zolaridan 10 nafar, Konchilik kolleji o‘quvchilaridan 10 nafar, ichki ishlar boshqarmasi Navoiy akademik litseyidan o‘quvchilaridan 15 nafar yosh ishtirok etdi.
Musobaqa o‘rnatilgan tartib qoidalar asosida o‘tdi. Musobaqa so‘nggida g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni ichki ishlar boshqarmasi Navoiy akademik litseyi o‘quvchisi Humoyunshoh Zokirov egalladi.
Qolgan o‘rinlar ham ushbu muassasa yoshlariga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Muzaffar Shoniyozov, uchinchi o‘rinni Aziz Qayumov hamda Aziz G‘anievlar egalladi.
Musobaqa so‘ngida ishtirokchilarni Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi boshlig‘ining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari I.Muxtorov tabrikladi. “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.