Yosh kitobxon oilalar aniqlandi
Nurafshon shahrida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning mahalliy tuman-shahar bosqichlari joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichlarda 1 ming 25 ta mahalladan jami 8 ming 470 ta yosh oila qamrab olindi. Ulardan yuqori natijalarni egallagan 22 ta yosh oila viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Beshta tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan tanlovning hududiy bosqichlari ikkita, jumladan, tezkor savol-javob orqali ishtirokchilarga tavsiya etilgan adabiyotlarni qay darajada mutolaa qilgani tekshirildi.
Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanidan qatnashgan Raimov oilasi birinchi o‘rinni egalladi. Ohangaron shahridan Ochilov oilasi ikkinchi, Chinoz tumanidan Mirahmatov oilasi esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
A.Musayev,O‘zA.