Yosh gimnastikachilarimiz muvaffaqiyati
Mamlakatimiz gimnastikachilari Lyuksemburgda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan "Luxembourg Cup – 2016" xalqaro turnirida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimiz gimnastikachilari Lyuksemburgda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan "Luxembourg Cup – 2016" xalqaro turnirida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston gimnastika federatsiyasidan ma’lum qilinishicha, ushbu turnirda yigirmadan ziyod davlatdan 200 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashgan.
O‘smir qizlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Lola Zokirova halqa yordamida bajariladigan mashqlarda 15,13 ball va to‘p bilan mashq bajarishda 15,4 ball jamg‘arib, ikkita bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Kattalar o‘rtasidagi bahslarda Tatyana Kim halqada mashq bajarishda 16,6 ball, bulavada mashq bajarish bo‘yicha 17,4 ball bilan ikki marta shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.