Yosh atletlarimiz Osiyo chempionligiga da’vogar
Hongkongda yengil atletika bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida XXII Osiyo chempionati boshlandi. 31-may kuniga qadar davom etadigan qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining eng sara yosh atletlari ham medallar uchun bahs olib boradi.
Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro‘yxati quyidagicha:
Yigitlar:
— Muhammadali Sodiqov — bosqon uloqtirish
— Jahongir Jo‘raboyev — o‘nkurash
— Samir Buvabekov — balandlikka sakrash
— Amir Ishanxodjayev — 200 va 400 metrga yugurish, 4x400 metr aralash estafeta
— Sarvar Meyliyev — uzunlikka sakrash
— Temur Nasimov — 3000 va 5000 metrga yugurish
— Behruz Shavkatov — 3000 metrga yugurish, 3000 metr to‘siqlar osha yugurish
— Abduazim Rahmatulloyev — yadro irg‘itish, disk uloqtirish
— Zayniddin Ravshanov — 110 va 400 metr to‘siqlar osha yugurish, 4x400 metr aralash estafeta
— Ozodbek Saidov — 5000 metr sportcha yurish
— Sherzod Zubayev — 5000 metr sportcha yurish
— Azizbek Shukrullayev — 800 metrga yugurish
— Islomjon Tilaboldiyev — 800 metrga yugurish
— Xursandbek Mamatsalayev — uch xatlab sakrash
— Radmir Zaripov — uch xatlab sakrash
— Asilbek To‘xtamurodov — 5000 metrga yugurish
— Shohjahon Hayrullayev — 3000 metr to‘siqlar osha yugurish
— Abduvali Soloyev — nayza uloqtirish
— Ruslan Sadullayev — nayza uloqtirish
Qizlar:
— Karina Karimova — 100 va 200 metrga yugurish
— Go‘zal Mahmudova — bosqon uloqtirish
— Gulhayo Chulliyeva — 200 va 400 metrga yugurish
— Surayyo Zaripova — 400 va 800 metrga yugurish, 4x400 metr aralash estafeta
— Shodiyona Rahmonova — 400 metr to‘siqlar osha yugurish, 4x400 metr aralash estafeta
— Marjona Saydullayeva — 1500 va 3000 metrga yugurish
— Dilnoza Hoshimova — 1500 va 3000 metrga yugurish
— Mohidil Mamajonova — 800 metrga yugurish, 4x400 metr aralash estafeta
— Elyanura Olimboyeva — uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash
— Mahliyo Karimova — disk uloqtirish
— Nasima Mamirova — 3000 metr to‘siqlar osha yugurish
— Sadafbonu Nusratilloyeva — 3000 metr to‘siqlar osha yugurish, 5000 metrga yugurish
— Parizoda Talabova — nayza uloqtirish
Yana Normatova — uzunlikka sakrash.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA