Yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan
Bugun Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in kelib chiqdi. Uy yonidan o‘tib ketayotgan fuqarolarning tezkor xabariga ko‘ra, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelib, yong‘inni zudlik bilan bartaraf etishdi.
– Joriy yilning 11-mart kuni ertalab soat taxminan 09-25 lar atrofida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor xizmatiga Navoiy shahrining G‘alaba shoh ko‘chasi 125-uy, 42-xonadonida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan, – deydi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimi, mayor Jasur O‘ktamov. – Xabarga ko‘ra, Navoiy shahridagi 1- va 2-harbiylashtirilgan tezkor qism xodimlaridan iborat 4 ta ekipaj yetib kelgan va yong‘in zudlik bilan bartaraf etildi. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Hozir yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan zarar aniqlanmoqda.
<iframe width="326" height="579" src="https://www.youtube.com/embed/bqpzb3LKCJs" title="Bugun Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in kelib chiqdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri