Yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli yuqori
“O‘zgidromet” markazidan ma’lum qilishlaricha, dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” markazidan ma’lum qilishlaricha, dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi.
Xususan, shanba kuni sovuq oqim butun respublika hududiga tarqaladi. Ayrim joylarga yoqqan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtimizda shanba kuni havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir qorga aylanadi. G‘arbdan 5-10 m/s esgan shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni mamlakatimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha harorat kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil qiladi, bu shu kun uchun xos bo‘lgan harorat me’yoridan 3-5 darajaga past.
Poytaxtimizda ham havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Avval xabar berganimiz kabi ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
O‘zbekiston tog‘li hududlarida ob-havoning o‘zgarishi kutilmoqda.