Yolgʻon xabar tarqatganlar jazolanadi
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarda yaqin ikki kunda Toshkent shahrida karantin choralari bekor qilinishi haqidagi videomaterial yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarda yaqin ikki kunda Toshkent shahrida karantin choralari bekor qilinishi haqidagi videomaterial yolgʻon va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yolgʻon, chalgʻituvchi xabarlar, shu jumladan, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming soʻmdan 89 million 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.